Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

YECHL. "Real" bir kishi kam o‘ynab "Marsel" ustidan g‘alabaga erishdi, Mbappedan dubl

YECHL. "Real" bir kishi kam o‘ynab "Marsel" ustidan g‘alabaga erishdi, Mbappedan dubl

Baho:
+ | -1

"Real" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 1-turida "Marsel"ni mag‘lub etdi - 2:1. O‘yin Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochdi - 22-daqiqada Meyson Grinvudning pasidan so‘ng Timoti Vea gol urdi. Mezbonlar 7 daqiqadan so‘ng javob golini kiritishdi - penaltini Kilian Mbappe aniq amalga oshirdi. O‘yin tugashiga 9 daqiqa qolganida fransiyalik hujumchi penaltidan ikkinchi golni urdi.

Avvalroq, 72-daqiqada madridliklar himoyachisi Dani Karvaxal qizil kartochka olgandi. Ispaniyalik futbolchi "Marsel" darvozaboni Xeronimo Rulining yuziga kalla qo‘ydi.

"Real" uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasining navbatdagi turida Xabi Alonso jamoasi 30 sentyabr kuni "Qayrat" mehmoni bo‘ladi. "Marsel" shu kuni "Ayaks"ni qabul qiladi.

Real - Marsel - 2:1
16 sentyabr, 23:59, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Vea, 22 (0:1). Mbappe, 29 - penaltidan (1:1). Mbappe, 81 - penaltidan (2:1)
Real: Kurtua, Karreras, Xeysen, Eder Militau, Aleksandr-Arnold (Karvaxal, 5), Arda Gyuler (Raul Asensio, 74), Tchuameni, Valverde, Rodrigu (Vinisius Junior, 63), Mbappe, Mastantuono (Dias, 63)
Marsel: Ruli, Emerson (Murilyo, 78), Balerdi, Medina, Pavar (Igan-Rayli, 87), Xeybyerg, Kondogbya (Vermeren, 66), Vea (Guiri, 78), O`Rayli (Payshan, 66), Grinvud, Obameyang
Ogohlantirishlar: Tchuameni, 35. Eder Militau, 54 - Pavar, 46. Medina, 75
Qizil kartochka: Karvaxal, 72

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:04, 17.09.2025.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.