Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Karvaxal Chempionlar ligasida "Yuventus" va "Liverpul" bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin

Karvaxal Chempionlar ligasida "Yuventus" va "Liverpul" bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatildi.

33 yoshli ispaniyalik futbolchi asablarini jilovlay olmay, raqib darvozaboni Xeronimo Rulining yuziga boshi bilan zarba berdi. Hakam videotakrorni ko‘rish uchun bordi, shundan so‘ng Karvaxalga qizil kartochka ko‘rsatdi. Endi "qaymoqranglilar" etakchisi sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun uzoq muddatga - katta ehtimol bilan uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Shu tariqa, futbolchi "Qayrat," "Yuventus" va "Liverpul" bilan bo‘ladigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Daniel Karvaxal "Marsel"ga qarshi bahsning 5-daqiqasida jarohat olgan Trent Aleksander-Arnold o‘rniga maydonga tushgandi.

Kiritildi: 07:58, 17.09.2025.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик