Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

"Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

"Liverpul" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan bahsda Madridning "Atletiko" jamoasini mag‘lub etdi (3:2).

Uchrashuvning 4- va 6-daqiqalaridayoq Endryu Robertson hamda Muhammad Saloh mehmonlar darvozasini ishg‘ol etishgan bo‘lsa-da, "matraschilar" 45 va 81-daqiqalarda Markos Lyorentening kiritgan gollari bilan javob berishdi. Uchrashuv taqdiri 92-daqiqada Virjil van Deykning goli evaziga hal bo‘ldi. Aynan niderlandiyalik himoyachi UYEFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Qizillar" sardori nafaqat gol urdi, balki sakkizta duelda yettitasida g‘alaba qozondi.

"Liverpul" ketma-ket beshinchi o‘yinda ham so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Shanba kuni Arne Slot jamoasi Angliya chempionatida o‘z maydonida "Everton"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:53, 18.09.2025.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик