Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Franchesko Bayano "Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivuning iste’foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Jurnalistlar Kivuning ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatishmoqda.
Bu shunchaki kulgili. Murabbiyga vaqt kerak, shuning uchun men Kivu qolishi kerak, deyman. "Inter" rahbariyati ham buni tushunadi; salbiy fikrlar faqat OAVdan chiqmoqda", - dedi Bayano.













