Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘FF Prezidenti milliy terma jamoa bilan uchrashdi

O‘FF Prezidenti milliy terma jamoa bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 20–24 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi–2026 saralash musobaqasida ishtirok etadi.

Safar oldidan, bugun O‘zbekiston futzal federasiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov mamlakatimiz milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘FF rahbari jamoa a’zolariga samimiy tilaklarini bildirib, xalqimiz milliy terma jamoadan doimo hujumkor va g‘alabali o‘yinlarni kutishini ta’kidladi. Shuningdek, futbolchilarga Vatan sharafini munosib himoya qilishlarini tiladi.

“Sizlarning har bir harakatingiz, har bir golingiz ortida millionlab insonlarning umidi va orzusi bor. Biz sizlarga ishonamiz. Sizlar nafaqat g‘alaba uchun, balki millat iftixori uchun kurashasizlar,” — deya ta’kidladi Bekzod Mamatqulov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev jamoa Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futzalchilarning ham jismoniy, ham ruhiy holati yuqori darajada bo‘lib, jamoa birdamlik va intizom asosida harakat qiladi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan terma jamoa sardori Mashrab Adilov va O‘FF Tibbiyot Departamenti bosh shifokori Lazizbek Teshabekovlar futbolchilarning barchasi sog‘-salomat ekanini, saralash bahslariga har tomonlama tayyor turganliklarini ma’lum qilishdi. O‘FF rahbariyatiga va futzal jamoatchiligiga bildirilayotgan ishonch uchun minnatdorlik izhor etishdi.

“Turnir davomida yigitlar bor kuch va g‘ayratlarini safarbar etib, muxlislarimizni quvontiradigan natijalar bilan yurtimizga yorug‘ yuz ila qaytish niyatida safarga yo‘l olayapti,” — dedi Mashrab Adilov.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston futbol faxriylari Kengashi raisi To‘lagan Isoqov so‘z olib, har bir futbolchining ortida Vatan sha’ni turganligini ta’kidladi. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda o‘yinchilariga saralash bahslarida omad yor bo‘lishini tilab, oq fotiha berdi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 15:45, 18.09.2025.
O'qildi: 1004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик