Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Monetizasiya va daromad kanallari xilma-xilligi

Monetizasiya va daromad kanallari xilma-xilligi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston klublari ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik faol? Ularga internet olami imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishda nimalar yetishmayapti? Bu borada avvalo, monetizasiya va daromad kanallari xilma-xilligi (diversifikasiya)ni tilga olish mumkin.

MONETIZASIYA

Futbol klublarini xususiylashtirish bo‘­yicha Prezident qarori, mas’ul tashkilotlarning turli harakatlari va da’vatlari foydasiz, agarda buni jamoalarning o‘zi xohlamasa. Har yili mavsum boshida davlat yoki o‘ziga biriktirilgan korxonadan olinayotgan milliard-milliard mablag‘dan hech kim osonlikcha voz kechishni istamaydi, albatta. Chipta bahosi suv-tekin bo‘lganda ham, nari borsa, 15-20 ming muxlis tushadigan o‘yinlar, sotuvi va bozori yo‘q teletranslyasiya... Merch va fan-shoplarni-ku gapirishga ham hojat yo‘q. Ammo klublarimizda tabiiy ravishda rivojlanib kelayotgan, lekin hali pul keltirmayotgan bir yo‘nalish borki, yaqin yillarda bu yangi homiylar topishda muhim omillardan biriga aylansa, ajabmas. Hattoki, puli bor homiylar aynan ushbu indikator orqali qaysi jamoaga pul tikish qo‘shimcha auditoriyani qamrab olishga yordam berishini aniqlashadi. Ya’ni shunga asoslanib, o‘zlariga jamoa tanlashadi. Ushbu indikator - ijtimoiy tarmoqlar!

Masalan, Centrum Air aviakompaniyasi joriy mavsumdan «Andijon»ga homiylik qilmoqda. Xo‘sh, klub ushbu aviakompaniya rahbariyatini nimasi bilan o‘ziga jalb qildi boshqalarga nisbatan? 1 - stadionga muxlislar tashrifi. 2 - jamoaning OCHL-2da ishtirok etishi. 3 - ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar auditoriyasi. Ilova qilingan jadvallarga qarang, «Andijon» «Telegram» va «Instagram»dagi umumiy obunachilari soni bo‘yicha Superliganing eng yaxshi ikki jamoasidan biri bo‘lib turibdi.

O‘yin kuni klublarimiz stadionlariga 20-25 ming muxlis kirmayotgani - haqiqat. Shuning barobarida ularni ijtimoiy tarmoqlarda har kuni 10, 20, 50, hatto 100 minglab odam kuzatmoqda. Futbolda yetarli pul topish uchun stadionga kirish chiptasini sotishning o‘zi kamlik qiladi. Agar jamoalarimiz ijtimoiy tarmoqlardagi har bir kuzatuvchi va muxlisni qadrlab, ularni potensial xaridor sifatida ko‘rsa, barchasini to‘g‘ri monetizasiya (muayyan loyihadan pul topish) qilish uddasidan chiqsa, «ozodlik» sari eng muhim qadamlardan birini tashlagan bo‘ladi. Bunda klublarimiz uchun eng asosiy ish - homiylarga obunachilar soni shunchaki, raqam emas, balki qiziqishlari o‘xshash va bir joyga yig‘ilgan tayyor auditoriya ekanligini tushuntira olish san’ati.

DAROMAD DIVERSIFIKASIYASI

Xususiy futbol klublarini shakllantirish va saqlab turish uchun juda katta pul kerakligi kundek ravshan. Ideal variantda akademiyalar tarbiyalanuvchilari sotuvi, xal­qaro maydondagi ijobiy natijalar (mukofot pullari), teletranslasiyalar huquqi hamda an’anaviy va raqamli marketing yo‘nalishlarida ham pul topish kerak. Mablag‘ keladigan oqim (manba)larning ko‘pligi va xilma-xilligi jamoalarga har qanday inqirozli holatlarni nisbatan yengilroq o‘tkazishda yordam beradi. Masalan, akademiyadan chiqadigan iqtidorlar va ulardan keladigan daromad pasaygan davrda marketing-media najotkor vazifasini bajarishi mumkin. Deylik, natijalar yomonlashib, mukofot puli kamaygan vaqt bor e’tiborni yosh iqtidorlarni kashf etib, ularni sotishga qaratsa bo‘ladi va hokazo.

Xulosa o‘rnida aytaman: hukumatni futbolimizga «bog‘lab qo‘ymagan» va moliyalashtirilish to‘xtatiladigan «qiyomat kuni»ga tayyor turgan klublargina yashab qolishga haqli bo‘ladi. Albatta, o‘sha kunda tirik qoladigan klublarimiz ko‘proq bo‘lishi tarafdoriman...

sabitov_co

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:48, 19.09.2025.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.