Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

To‘lqin Qilichev: «O‘zbekiston boks terma jamoasini istalgan jamoaga qarshi «yakkama-yakka» qo‘ysak, hisob kamida 8:2 yoki 9:1 bo‘ladi»

To‘lqin Qilichev: «O‘zbekiston boks terma jamoasini istalgan jamoaga qarshi «yakkama-yakka» qo‘ysak, hisob kamida 8:2 yoki 9:1 bo‘ladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Yaqinda Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing tahtidagi ilk jahon chempionati yakunlandi.

Qozog‘iston umumjamoaviy hisobda yetti oltin, bir kumush va ikki bronza medali bilan birinchi o‘rinni egalladi. Erkaklar jamoasi hisobida to‘rtta oltin bo‘lib, bu ko‘rsatkich musobaqada ikkinchi natija bo‘ldi. Erkaklar jamoasi bo‘yicha birinchi o‘rin esa oltita oltin va bir kumush medal bilan O‘zbekistonga nasib etdi.

Sports.kz muxbiri O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan suhbatlashib, jamoaning JCH–2025dagi ishtirokini sarhisob qildi, hakamlik haqida fikr bildirdi va Jahongir Zokirovning Aybek Oralbayga qarshi mag‘lubiyatini izohladi.

— O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Liverpuldagi chempionatdagi ishtirokini qanday baholaysiz?
— Juda yaxshi baholayman. Agar o‘n ballik tizimda baholasam — «etti» deb aytardim. «O‘n» olish uchun barcha vazn toifasida g‘alaba qozonishimiz kerak edi. 6 ta oltin va 1 ta kumush — tarixiy natija.

— Qaysi bokschilar o‘z imkoniyatlaridan past o‘ynashdi yoki aksincha?
— Bokschilarimiz yaxshi ishtirok etdi, ringda barcha kuchini qoldirdi. Albatta, ba’zi narsalarni o‘zgartirish mumkin edi. 50 kg vazn toifasida Shodiyorjon Meliqo‘ziyev imkoniyatlaridan past ishtirok eti. Shavkatjon Boltayev va Jahongir Zokirov barcha kuchini berdi, afsuski, yutqazdi.

— Shunday qilib, erkaklar jamoasi Qozog‘iston bilan asosiy bellashuvdan tashqari barcha to‘qnashuvlarda g‘alaba qozondi, to‘g‘rimi?
— Ha, deyarli barchasida yutdik. Hozir bizda O‘zbekiston tarixidagi eng kuchli yosh jamoalardan biri bor. Agar termamizni istalgan jamoaga qarshi «yakkama-yakka» qo‘ysak, hisob kamida 8:2 yoki 9:1 bo‘ladi. Biz faqat og‘ir vaznli bokschida mag‘lub bo‘ldik. Endi jismoniy tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor berishimiz kerak.

— Jahongir Zokirovning Aybek Oralbaydan mag‘lubiyati Siz uchun musobaqadagi eng alamlisi bo‘ldimi?
— Agar umumiy jamoaviy natijalar hisobga olinsa, hal qiluvchi jangda yutqazish har doim alamli. Murabbiy shogirdi mag‘lub bo‘lganda xursand bo‘lmaydi. Lekin faqat erkaklar jamoasi ishtirokini olsak, bu jangning so‘nggi qismida qo‘lidan chiqarilgan 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat edi. Bu yerda g‘ayritabiiy hech narsa yo‘q. Aybek Oralbay yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan, barakalla! Men uni g‘alabasi bilan tabrikladim. Barchada ma’lumki, biz dunyodagi eng kuchli jamoamiz. Buni ko‘rsatdik va isbotladik!

— Qozog‘istonlik bokschida ko‘proq xohish bor edimi yoki tajriba?
— Aybek Jahongirdan ancha katta va tajribali. Hal qiluvchi paytlarda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Uning tajribasi hal qiluvchi bo‘ldi. Jahongir esa hali yosh.

— Umuman olganda, musobaqa va hakamlikni qanday baholaysiz?
— Hakamlik haqida hech narsa demayman. Biz rozi bo‘lmagan paytlar bo‘ldi, boshqalar rozi bo‘lmagan paytlar ham bo‘ldi. Boksda bu doim shunday. Umuman olganda, hakamlik normal bo‘ldi.

— O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi IBA jahon chempionatida qatnashadimi?
— Rostini aytsam, bu masalada aniq bilmayman. Agar rahbariyat bizga ruxsat bersa, albatta boramiz. Bu kabi qarorlarni biz qabul qilmaymiz.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 11:29, 20.09.2025.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.