Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

O‘zPFL: "Mash’al" va "Paxtakor" matbuot xizmatlarining xatti-harakatlari Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi

O‘zPFL: "Mash’al" va "Paxtakor" matbuot xizmatlarining xatti-harakatlari Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Mash’al" – "Sho‘rtan" hamda "Paxtakor" – "Neftchi" uchrashuvlari davomida mezbon jamoalar matbuot xizmati o‘zining “Telegram” messenjeridagi rasmiy kanali orqali uchrashuv hakamligi borasidagi oshkora e’tirozlarini bildirdi. Vaholanki, uchrashuv yakunlangach, klub rasmiylari hakamlik yuzasidan rasmiy shikoyat kiritmadi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarining tegishli reglamentlarida hakamlikka e’tiroz bildirish tartiboti aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Shuningdek, Liga tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo‘riqnomaning 2.2 bandida “Matbuot kotibi o‘zi faoliyat olib borayotgan klubga tegishli tadbirlar va musobaqalar o‘tkazishda bevosita ishtirok etadi hamda rasmiy sahifalarda e’lon qilingan materiallar uchun javobgar hisoblanadi”, deyiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Mash’al" va "Paxtakor" jamoalarining ishlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi. Liga o‘z shafeligida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etuvchi klublarni tegishli reglament va yo‘riqnomalarga qat’iy amal qilishga chaqiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:07, 20.09.2025.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик