Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Messi faoliyatidagi 173-dublni rasmiylashtirdi

Messi faoliyatidagi 173-dublni rasmiylashtirdi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi MLS o‘yinida yana dubl qayd etdi. Bu safar 38 yoshli hujumchi "Di Si Yunayted"ni ikki marta (3:2) ranjitdi. Leo 2023 yilning yozida klubga kelganidan beri "Inter Mayami" safida jami 17 ta, butun faoliyati davomida esa 173 ta dubl qayd etgan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, katta ulush "Barselona" safidagi o‘yinlarga (137 dubl) to‘g‘ri keldi, Argentina terma jamoasida bu 14 marta, "PSJ"da esa 5 marta sodir bo‘lgan.

Lionel Messi 22 ta uchrashuvda 22 ta gol urib, MLS-2025 to‘purarlari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. "Qo‘tonlar"ning navbatdagi o‘yini chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi ham chempionat doirasida o‘tkaziladi - raqib "Nyu-York Siti" bo‘ladi.

Kiritildi: 07:40, 21.09.2025.
O'qildi: 576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик