Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Chelsi" "Manchester Yunayted" bilan o‘yinda noodatiy antirekord o‘rnatdi

"Chelsi" "Manchester Yunayted" bilan o‘yinda noodatiy antirekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" shanba kuni Angliya Premyer-ligasining 5-turida "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).

5-daqiqada "ko‘klar" bir kishi kam bo‘lib qoldi - darvozabon Robert Sanches maydondan chetlatildi. Tanaffusga qadar "qizil iblislar" ikkita to‘p kiritishga ulgurishdi, keyin esa maydondagi futbolchilar soni tenglashdi - Kazemiro ham maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limda londonliklar Trevo Chalobaning sa’y-harakatlari bilan bitta gol urishdi.

Opta xabariga ko‘ra, bu Premyer-ligadagi ma’lumotlar to‘plangan birinchi o‘yin bo‘lib, unda "Chelsi" hisobida darvozaga berilgan zarbalardan (beshta) ko‘proq kartochka (qizil hisobga olinsa oltita) bor. Mark Kukurelya, Enso Fernandes, Trevo Chaloba, Tayrik Jorj va Tosin Adarabioyo o‘yin davomida ogohlantirildi.

Kiritildi: 07:56, 21.09.2025.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик