Italiya chempionatida to‘rtinchi tur o‘yinlari davom etmoqda, "Milan" Udineda yirik hisobda g‘alaba qozondi - 3:0. Mezbonlar murabbiyi muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy sababini o‘zidan nomdorroq klub qarshisida futbolchilarning jur’atsizligi deb hisoblamoqda.
"Futbolchilarim o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Ular "Milan"dan juda qo‘rqishardi. Maydonda kerakli energiyani ko‘rmadim. "Milan" esa hozir, chempionat boshida eng yaxshi jamoa bo‘lishi mumkin," - deya Runyaichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Yana bir haftadan so‘ng "Udineze" safarda "Sassuolo" mehmoni bo‘ladi.













