Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Mourinyo - "Benfika"ga tayinlanishi haqida: "Portu" bilan hech qanday dushmanlik yo‘q"

Mourinyo - "Benfika"ga tayinlanishi haqida: "Portu" bilan hech qanday dushmanlik yo‘q"

Baho:
+ | -

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zining yangi jamoaga tayinlanishi haqida gapirdi. Portugaliyalik o‘z vataniga yaqindagina qaytgan. "Burgutlar" boshqaruvidagi birinchi o‘yinda "ABC" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) murabbiy faoliyatining boshida ishlagan "Portu" haqida gapirdi.

"Men "Benfika"ga "Portu"ga qarshi jang qilish uchun kelganim yo‘q. Bu "Benfika" kabi eng buyuk klublardan biri. Qaytib kelganimdan so‘ng Villash-Boash ["Portu" prezidenti] bilan muloqot qildim. Men shunchaki g‘alaba qozonmoqchiman, oramizda hech qanday dushmanlik yo‘q," - deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Ayni damda "Portu" 6 turdan so‘ng 18 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Benfika" bitta zaxira o‘yini bilan 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2002-2004 yillarda "ajdarlar"ni boshqargan. Mutaxassis ketishidan oldin jamoani Chempionlar ligasida g‘alabaga yetaklagan.

Kiritildi: 08:25, 21.09.2025.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик