Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta "Arsenal"ning "Liverpul"dan ortda qolayotganini izohladi

Arteta "Arsenal"ning "Liverpul"dan ortda qolayotganini izohladi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining Premyer-liga turnir jadvalida "Liverpul"dan ortda qolayotgani haqida gapirdi.

Yakshanba kuni "kanonirlar" o‘z uyida "Manchester Siti" bilan durang o‘ynadi (1:1). Bir kun avval "Liverpul" derbida "Everton"ni mag‘lub etib (2:1), g‘alabali seriyasini uzaytirgandi. Arne Slot jamoasi 5 turdan so‘ng 15 ochko to‘plagan holda hamon peshqadam. "Arsenal" jadvalda ikkinchi, ammo yetakchidan 5 ochko ortda qolmoqda.

"Liverpul" har o‘yinda g‘alaba qozonmoqda, biz buni nazorat qila olmaymiz. Juda qiyin bo‘ladi, ammo "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi kabi o‘yin ko‘rsatishda davom etsak, unda hammasi yaxshi bo‘ladi," - dedi Arteta o‘yindan keyingi OAV bilan suhbatda.

"Liverpul" keyingi turda "Kristal Pelas" mehmoni bo‘lsa, "Arsenal" "Nyukasl" maydoniga safar qiladi.

Kiritildi: 12:22, 22.09.2025.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик