Biz “Oltin to‘p” uchun yakuniy reyting e’lonini kuzatishda davom etamiz.
"Real Madrid" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem 23-o‘rinda. O‘tgan yili angliyalik uchinchi o‘rinni egallagan edi.
"Liverpul" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Makallister 22-o‘rinda. U birinchi marta nomzod bo‘ldi va o‘z natijasidan mamnun.













