Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn qanday shart evaziga «Bavariya»ni tark etishi ma’lum bo‘ldi

Keyn qanday shart evaziga «Bavariya»ni tark etishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Xarri Keynning shartnomasida maxsus band borligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Sport BILD xabariga ko‘ra, 32 yoshli hujumchining mehnat shartnomasida 2026 yilning yozida futbolchini 65 million yevroga istalgan klub sotib olishi mumkin bo‘lgan band bor. Ammo bir muhim jihat borki, Keyn qishki transferlar oynasi yakuniga qadar jamoani tark etishini rahbariyatga e’lon qilgan taqdirdagina ushbu band kuchga kiradi.

2023 yilda "Bavariya" Keynni "Tottenxem"dan 95 million yevroga sotib oldi. Bu mavsumda forvard barcha musobaqalarda yettita uchrashuvda 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:00, 23.09.2025.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик