Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich Vinisiusning trivela uslubidagi goliga munosabat bildirdi

Modrich Vinisiusning trivela uslubidagi goliga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Luka Modrich "Real" Madridning "Levante"ga (4:1) qarshi o‘yinida Vinisius Junior tomonidan kiritilgan gol haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs La Liganing 6-turi doirasida bo‘lib o‘tdi. Braziliyalik futbolchi 28-daqiqada oyog‘ining tashqi qismi bilan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin yakunlangach, vinger bu usulni Modrichdan o‘rganganini tan oldi.

"Qanday gol, birodar!" - deb yozdi Modrich ijtimoiy tarmoqda Vinisiusning postiga izohda.

40 yoshli xavbek ayni damda "Milan" sharafini himoya qilmoqda. Italiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar u 13 yil davomida "Real" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:09, 24.09.2025.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик