Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Xabi Alonso Madrid derbisi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Xabi Alonso Madrid derbisi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Jurnalistlar "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsodan "Atletiko" bilan bo‘ladigan derbi haqida so‘rashdi.

Seshanba kuni "qaymoqranglilar" "Levante" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:1). Keyingi turda Alonso jamoasi "matraschilar" mehmoni bo‘ladi. "Real" derbiga yo‘qotishlarsiz yaqinlashmoqda - chempionatning 6 o‘yinidan keyin 18 ochko.

"Atletiko"ga qarshi o‘yin haqida hali o‘ylamagandim, chunki bor e’tiborimni "Levante" bilan o‘yinga qaratgandim. Ertadan boshlab barcha fikrlarimiz Madrid derbisi haqida bo‘ladi," - dedi Xabi Alonso g‘alabadan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

"Atletiko"ning "Real" bilan uchrashuvi 27 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:25, 24.09.2025.
O'qildi: 2127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик