Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rummenigening fikricha, Virsga "Bavariya"da yaxshiroq bo‘lardi

Rummenigening fikricha, Virsga "Bavariya"da yaxshiroq bo‘lardi

Baho:
+ | -

"Bavariya" direktorlar kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge amalga oshmay qolgan transferlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Gap Florian Virs va Nik Voltamade haqida ketmoqda.

"Florian Virs bilan bo‘lgan voqea meni hali ham qiynaydi. Unga "Liverpul"dan ko‘ra "Bavariya"da bo‘lish yaxshiroq edi. Biz ham Voltamadeni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Ammo "Bavariya" moliyaviy sarguzashtlarga aralashmaslik uchun yetarlicha aqlli", - deya Rummeniggening so‘zlarini keltiradi welt.de.

Voltamade shu yozda "Shtutgart"dan "Nyukasl"ga 85 million yevro evaziga o‘tgandi, Virs esa Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, "Bayer"ga 121 million yevro bergan "Liverpul" tomonidan olindi.

Kiritildi: 16:03, 24.09.2025.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик