"Liverpul" markaziy himoyachisi Jovanni Leoni "Sautgempton"ga qarshi kechgan Liga kubogi o‘yinida xochsimon bog‘lamini shikastlab olgani ma’lum bo‘ldi.
Liverpool Echo xabariga ko‘ra, italiyalik 18 yoshli futbolchi bu jarohati sabab 6-8 oyni o‘tkazib yuboradi.
U mavsum oxirigacha safga qaytishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.
Leoni avgust oyida "Parma"dan 31 million yevroga sotib olinganidan keyin jamoadagi debyut o‘yinini o‘tkazgan edi.













