Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

O‘zbekiston - Qozog‘iston o‘yini noyabrda bo‘lmaydi - sababi ma’lum

O‘zbekiston - Qozog‘iston o‘yini noyabrda bo‘lmaydi - sababi ma’lum

Baho:
+ | -

Noyabr oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkazilmaydi.

Iyul oyida Qozog‘iston futbol federasiyasi prezidenti Marat Omarov terma jamoalar o‘rtasidagi ehtimoliy o‘yin haqida gapirgan edi.

Uchrashuv bekor qilinganini Qozog‘iston terma jamoasi boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgani ham tasdiqlaydi. Qozog‘iston terma jamoasida noyabr oyida faqat bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish imkoniyati bor edi, chunki 15 noyabr kuni Belgiyaga qarshi Jahon chempionati saralashining so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘istonlik jurnalistlar aynan O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinidan voz kechgani, shu sababli Qozog‘iston noyabr oyi uchun boshqa raqib topganini ma’lum qilishdi.

Rad etishning sababi sifatida Marat Omarov o‘yinni muzokaralar bosqichidayoq va rasmiy kelishuvdan oldin ommaga e’lon qilgani aytilmoqda, bu esa o‘zbek futbol rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Manba: Финт клуб
Kiritildi: 13:55, 25.09.2025.
O'qildi: 1782 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик