Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

“Arsenal” Arda Gyuler transferidan voz kechdi

“Arsenal” Arda Gyuler transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi Madridning “Real” jamoasida to‘p surayotgan turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyulerni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan edi. Biroq futbolchining yangi mavsumdagi yuqori darajadagi o‘yini sababli londonliklar bu xaridni amalda imkonsiz deb hisoblab, uning transferidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Arda Gyulerni Martin Edegor uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgan edi. Hatto klub yozgi transfer oynasi chog‘ida futbolchi uchun taklif ham yuborgan. Biroq “Real” ustozi Xabi Alonso Gyuler jamoa uchun muhim futbolchi ekanini ta’kidlab, bu transferga qat’iy rad javobini bergan.

Ayni paytda ham “Real Madrid” klubining Gyuler borasidagi pozisiyasi o‘zgarmagan. Rahbariyat futbolchi uchun bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas. Mazkur vaziyat “Arsenal” tomonining fikrini o‘zgartirdi va natijada Gyulerni ehtimoliy transferlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

Ma’lumot o‘rnida, Arda Gyuler joriy mavsum “Real” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning qiymatini 45 million yevroga baholanmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:25, 25.09.2025.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик