Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

“Manchester Siti” Rodriga o‘rinbosar topdi

“Manchester Siti” Rodriga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi ispaniyalik yarim himoyachi Rodri uchun munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Futbolchi 2024-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramay, tizzasidan olgan og‘ir jarohat sababli 53 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Uning yo‘qligida “Siti”ning o‘yin sifati jiddiy tushib ketdi. 29 yoshli futbolchi jamoaning so‘nggi beshta uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo Pep Gvardiola uning o‘rniga boshqa futbolchi qidirayotgani aytilmoqda.

CityXtra nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” “Bavariya” futbolchisi Aleksandr Pavlovichni sotib olmoqchi. 21 yoshli futbolchi nafaqat yuqori saviyali, balki liderlik fazilatlariga ham ega. Bu esa uni “Manchester Siti”ning tayanch yarim himoya chizig‘iga mos tushadigan o‘yinchiga aylantiradi.

Pavlovichning “Bavariya” bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Shunga qaramay, “Manchester Siti”ning moliyaviy imkoniyatlari ushbu transferni amalga oshirishga yetarli ekani ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Pavlovich “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum myunxenliklar safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Aleksandrning qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:30, 25.09.2025.
O'qildi: 1896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.