FIFAga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida inson huquqlari buzilgani haqida 100 dan ortiq xabar kelib tushdi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyungacha AQSHda bo‘lib o‘tdi. Finalda "PSJ"ni (3:0) mag‘lub etgan "Chelsi" turnir g‘olibiga aylandi.
Musobaqa davomida FIFA o‘zining shikoyat qilish portali orqali muxlislardan turnir davomida huquqlar buzilganligi haqida 145 ta xabar oldi, deb xabar bermoqda The Athletic jurnalisti Adam Krafton.
Qayd etilishicha, eng ko‘p shikoyatlar AQSH hukumati siyosati va huquq-tartibot idoralari faoliyati, jumladan, immigrasiya va bojxona polisiyasi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar bilan bog‘liq.













