Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Og‘ir atletika–2025: Olimpiya chempionlari ishtirokidagi jahon chempionati

Og‘ir atletika–2025: Olimpiya chempionlari ishtirokidagi jahon chempionati

Baho:
+ | -

2–11 oktyabr kunlari Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu safar bir maydonda uchta Olimpiadada turli vazn toifalarida g‘olib chiqqan chempionlar to‘qnash keladi.

Musobaqada olti nafar olimpiya chempionlari qatnashadi. Bu yaxshi ko‘rsatkich, chunki Rio, Tokio va Parij Olimpiadalarida chempion bo‘lgan ko‘plab xitoylik sportchilar ishtirok etmaydi — ayrimlari faoliyatini yakunlagan, boshqalari esa noyabrda bo‘lib o‘tadigan Xitoy milliy o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda.

Biz uchun eng muhim bellashuv 110 kg vazn toifasida bo‘ladi. Bu safar ikki asosiy raqib ham O‘zbekistondan: Rio–2016 chempioni, 33 yoshli Ruslan Nurudinov hamda undan 8 yosh kichik Tokio–2020 g‘olibi Akbar Jo‘rayev o‘zaro kuch sinashadi.

Nurudinov bir yarim yil avval bel jarohati sabab sport karyerasini yakunlash haqida o‘ylagan edi. Ammo u sportga qaytib, yuqori formaga kirdi va o‘tgan yil dekabr oyida Bahrayndagi jahon chempionatida siltab ko‘tarishda 242 kg.ni ko‘tarib, jahon rekordi o‘rnatdi hamda eng yaqin raqibidan 20 kg ustun bo‘ldi.

Jo‘rayev esa Parijda ikkinchi o‘rinni egallab, Lyu Syuanxuaga yutqazganidan keyin faqat bir marta musobaqada qatnashdi. Hozirda mashg‘ulotlarda yuqori natijalar ko‘rsatmoqda. Har ikki sportchimizning ham 195–237–427 standart ko‘rsatkichlarini yangilash imkoniyati bor.

94 kg vazn toifasida ham yulduzlar to‘plandi. 9 oktyabr kuni «A» guruhida Rio–2016 chempioni Kianush Rostami, Tokio–2020 g‘olibi Meso Hassona va Parij–2024 chempioni, 21 yoshli rekordchi Karlos Nasar bellashadi.

Fordedagi oltinchi olimpiya chempioni — indoneziyalik Rizki Juniansyah. U ham jamoadoshi bilan birga 79 kg vaznda bahs olib boradi. Bu toifada bir nechta sportchilar allaqachon jahon rekordlarini yangilagan — 166–203–362.

Shuningdek, musobaqada ko‘plab kuchli atletlar ham ishtirok etadi: koreyalik Son Hyonxo, venesuelalik olimpiya medali sohibi Xulio Mayora, qozog‘istonlik Yedige Yemberdi, italiyalik Oskar Reyes va misrlik Muhammad El-Sayid.

Chempionat ishtirokchilari orasida yosh jihatdan katta farq bor: eng yosh sportchi — 14 yoshli kuvaytlik Muhammad Alotaibiy bo‘lib, u ilk sessiyada 60 kg vazn toifasida qatnashadi. Eng keksa ishtirokchi esa 40 yoshli chexiyalik olimpiyachi Kamil Kuchera, u so‘nggi kuni «B» guruhida eng og‘ir toifada bellashadi.

Shunday qilib, bu yilgi Forde jahon chempionati juda keskin va yorqin to‘qnashuvlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: https://t.me/uzbek_weightlifting
Kiritildi: 12:04, 26.09.2025.
O'qildi: 949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.