Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Mirjalol Qosimov: «Andijon»ga OCHLda omad tilayman»

Mirjalol Qosimov: «Andijon»ga OCHLda omad tilayman»

Baho:
+ | -

“Andijon” - OKMK (1:0) o‘rtasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

— Avvalo, muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Negaki, ajoyib atmosferada futbol o‘yini guvohi bo‘ldik. O‘yinga kelsak, albatta mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatganimiz yo‘q. Birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborgan golimiz ofsaydmi, ofsayd emasmidi, shubha tug‘diryapti. Shunga qaramasdan “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo‘limda juda ko‘p mehnat qildik. Lekin “Andijon” tartibli himoyalandi. “Andijon” darvozasiga yo‘l topa olmadik. Darvozaboni ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Oxirgi daqiqada Xurshid G‘iyosov imkoniyatini golga aylantirishi mumkin edi. “Andijon” jamoasiga OCHLda omad tilab qolaman.

— OKMK jamoasini g‘alaba qozona olmaganiga nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?
— Yaratilgan vaziyatdan foydalanish kerak-da. Ikkinchi bo‘lim boshidagi shijoat bilan birinchi bo‘limga ham chiqish kerak edi. Bunaqa uchrashuvlarda vaziyat bo‘lmaydi. “Andijon” yaxshi himoyalanganiga qaramasdan biz vaziyat yaratdik, biroq uni golga aylantira olmadik.

— Ikkinchi bo‘limda Asad Sobirjonov maydonga tushgach, OKMKni hujumlari ko‘paydi. Uni birinchi bo‘limda tushirsa bo‘lmasmidi?
— Lekin degan joyi bor-da. Tushirganimizda boshqasinichi deyishardi. Har doim savollar bo‘laveradi. Haqiqatan yomon o‘ynagani yo‘q. Lekin tortishish bo‘lgan vaziyatda unday qilmaslik kerak edi. Negaki, shundoq ham vaqt bizni foydamizga ishlamayapti. Bu vaziyatda futbol o‘ynash kerak edi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:14, 27.09.2025.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик