"Atletik" Chempionlar Ligasining joriy mavsumi qaydnomasiga himoyachi Emerik Laportni kiritdi.
A ro‘yxatida 31 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan yarim himoyachi Benyat Prados o‘rnini egalladi.
Shu tariqa, Laport 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ECHL 2-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmundga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.













