"Barselona"ning sobiq markaziy himoyachisi, hozirda Saudiya Arabistonida "An-Nasr" safida to‘p tepayotgan Inigo Martines Chempionlar Ligasining keyingi g‘olibini aytdi.
"Bu mavsumda Chempionlar Ligasida kim g‘olib bo‘ladi? "PSJ", - deya Martinesning javobini keltiradi Marca.
Inigo Martines avgust oyida "Barselona"dan erkin agent sifatida "An-Nasr"ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda ispaniyalik "ko‘k-anorranglilar" tarkibida eng nufuzli yevrokubok yarim finalchisiga aylangandi.













