"An-Nasr" himoyachisi Inigo Martinesning fikricha, 2024 yilda "Oltin to‘p"ni "Real" hujumchisi Vinisius Junior qo‘lga kiritishi kerak edi.
"O‘tgan yili Vinisius "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishini kutgandim. Men uchun eng yaxshisi u edi. Biroq hamma narsani ovoz berish hal qiladi," - dedi Martines Marca nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 2023/24 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Oltin to‘p" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandesga nasib etgandi. Vinisius ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu yil braziliyalik atigi 16-o‘rinni egalladi, "Oltin to‘p" sohibi esa "PSJ" hujumchisi Usmon Dembele bo‘ldi.













