Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Nyukasl" bosh murabbiyi "Arsenal" yulduzini e’tirof etdi

"Nyukasl" bosh murabbiyi "Arsenal" yulduzini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Londonning "Arsenal" klubi "Nyukasl"ni (2:1) o‘yin oxirida kiritilgan ikki gol evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

"Qarg‘alar" birinchi bo‘limda Nik Voltemadening sa’y-harakatlari bilan oldinga o‘tib olgandi. Mehmonlardan 84-daqiqada Mikel Merino o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 90+6-daqiqada Gabriel dos Santos "kanonirlar"ga g‘alaba keltirdi.

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va hal qiluvchi gol muallifiga assistentlik qilgan Martin Edegorning xizmatlarini e’tirof etdi.

"O‘yin oxirida ikki marta gol o‘tkazib yuborish juda achinarli, ammo biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmaganimizni tan olishimiz kerak. Agar fidoyilik haqida gapiradigan bo‘lsak, e’tiroz yo‘q, ammo futbol sifati bilan bog‘liq muammolar bor edi. Biz "Arsenal"ga doimiy ravishda burchak zarbalari ishlab olishga imkon berdik, bu esa hal qiluvchi omilga aylandi. Menimcha, Edegorning maydonga tushishi raqiblarga katta yordam berdi. Bosimni ko‘tara olmadik," - dedi Xau Sky Sports’ga bergan intervyusida.

"Nyukasl" 6 turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:19, 29.09.2025.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик