Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Atletiko» Alvaresga juda katta narx qo‘ydi

«Atletiko» Alvaresga juda katta narx qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares La Liganing joriy mavsumida 7 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va ajoyib o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda.

"Barselona"ning qiziqishi va Premyer-ligaga qaytish haqidagi mish-mishlarga qaramay, murabbiy Diyego Simeone Football-Espana nashriga bergan intervyusida futbolchining jamoa uchun ahamiyatini ta’kidladi:

"Xulian - bizda eng yaxshi o‘yinchi. U "Atletiko"da uzoq yillar qolishi va yanada kuchliroq bo‘lishi uchun unga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak".

Avvalroq, argentinalik futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirayotgan edi, ammo muzokaralar futbolchining narxi yuqoriligi sababli murakkablashmoqda. Football Insider manbalariga ko‘ra, "Atletiko" 100 mln funtdan ko‘proq mablag‘ talab qilgan, bu esa ingliz klubi uchun transferni juda qiyinlashtiradi.

"Atletiko" faqat shu summaga sotishni ko‘rib chiqishga tayyor, chunki Diyego Simeone qo‘l ostida Alvares jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 13:58, 29.09.2025.
O'qildi: 3566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик