Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

40 yoshli Modrich beshta ko‘rsatkich bo‘yicha A Seriyada peshqadam bo‘lib turibdi

40 yoshli Modrich beshta ko‘rsatkich bo‘yicha A Seriyada peshqadam bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

"Milan"ning 40 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya A Seriyasining joriy mavsumida bir qator statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Opta Sports ma’lumotlariga ko‘ra, Modrich chempionatda eng ko‘p aniq uzatma bergan futbolchi bo‘lib, uning hisobida 300 ta aniq pas mavjud. Bundan tashqari, u raqib maydon qismida eng ko‘p uzatma bajargan - 169 ta, hamda 10 ta to‘p olib qo‘yishni amalga oshirgan. Ta’kidlanishicha, Modrich 31 marta jamoasiga to‘p egallash imkoniyatini qaytarib bergan, shuningdek, chiziqlar orasida 46 ta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirgan.

Modrich o‘tgan yozda "Milan" futbolchisiga aylangandi. Jamoa tarkibida u A Seriyada beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "rossonerilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:16, 29.09.2025.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик