Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Manchester Siti" asosiy transfer maqsadini belgiladi

"Manchester Siti" asosiy transfer maqsadini belgiladi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Siti" klubi qaysi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.

Football Insider xabariga ko‘ra, "PSJ"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Nevesh "Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Biroq, fransuz grandi 21 yoshli iste’dod egasini sotmoqchi emasligi aytilmoqda. Parijliklar xavbek bo‘yicha barcha takliflarni rad etishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Nevesh barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 4ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi. Yarim himoyachining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:25, 29.09.2025.
O'qildi: 1947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик