Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Elit OCHL. "Nasaf" jangovar o‘yinda "Al-Hilol"ga yutqazdi

Elit OCHL. "Nasaf" jangovar o‘yinda "Al-Hilol"ga yutqazdi

Baho:
+ | -1

Elit Chempionlar ligasi 2-turida "Nasaf" "Al-Hilol"ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

21-daqiqada Sergey Milinkovich-Savich Abduvohid Ne’matovning qo‘pol xatosidan so‘ng hisobni ochdi. 26-daqiqada Sardor Bahromov dahshatli zarbasi bilan muvozanatni tikladi. 45+2-daqiqada Teo Ernandes "ajdarlar"ning 6 nafar futbolchisini aldab o‘tib, gol urdi va yana Saudiya klubini oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov Umar Eshmurodovning ajoyib uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va Yassin Bununing oyoqlari orasidan gol urdi. 79-daqiqada Markos Leonardo Milinkovich-Savichning uzatmasidan so‘ng to‘pni Ne’matovning ustidan tushirib qo‘ydi va jamoasiga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

"Al-Hilol" 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. "Nasaf" so‘nggi o‘rinda (0 ochko).

Elit OCHL, 2-tur
29.09.2025, dushanba, 18:45
Nasaf - Al-Hilol - 2:3
Gollar: 0:1 – 21, Sergey Milinkovich-Savich, 1:1 – 27, Sardor Bahromov (Umarbek Eshmurodov), 1:2 – 45+2, Teo Ernandes (Ali Al Bulayhi), 2:2 – 60, Javohir Sidiqov (Umarbek Eshmurodov), 2:3 – 79, Markos Almeyda (Sergey Milinkovich-Savich)
Nasaf: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Zafarmurod Abdirahmatov (Suhrob Nurulloyev, 67), Sharof Muhitdinov (Dragan Cheran, 46), Husayn Norchayev, Igor Golban (Javohir Sidiqov, 46 (Javohir Ubaydullayev, 73), Sardorbek Bahromov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov, Umarbek Eshmurodov
Al-Hilol: Yassin Bunu, Kalidu Kulibali, Ali Al Bulayhi (Kayo Sezar Lima, 72), Ruben Nevesh, Markos Almeyda (Abdullah Radif, 90+1), Teo Ernandes, Sergey Milinkovich-Savich, Muhammad Kanno (Nasser Al Davsari, 85), Hasan Al Tambakti, Hamad Al Tuhayfan, Abdulloh Al Hamddan (Muhammad Al Yami, 85)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:44, 29.09.2025.
O'qildi: 1655 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик