Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kamoliddin Tojiyev: «Yigitlar oxirigacha kurashishdi, natijada yutuq keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldik»

Kamoliddin Tojiyev: «Yigitlar oxirigacha kurashishdi, natijada yutuq keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldik»

Baho:
+ | -

"Surxon"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

— Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik chiqmadi. Oxirgi paytlarda ketma-ket qiyin bahslar o‘tkazdik. Ko‘plab futbolchilar dam olmasdan maydonga tushmoqda. Shu sababli bugun o‘zgarishlar qildik, ba’zi o‘yinchilarga dam berdik. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik va bir necha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, natijada yutuq keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldik.

Navbatdagi turga odatdagidek hozirlik qilamiz. Bu chempionat bellashuvi bo‘ladi, kubok finaligacha vaqt bor. Hech narsani berkitib o‘ynamaymiz, chunki mavsum davomida barcha bir-birini o‘rganib boradi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:16, 29.09.2025.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик