Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Shaskix: “Kerakli natijaga erisha olamiz”

Shaskix: “Kerakli natijaga erisha olamiz”

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining «B» guruhidan o‘rin olgan «Andijon» hamda Qatarning «Al-Ahli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin “Bobur arena” stadionida matbuot anjumanida bo‘lib o‘tdi. Dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shaskix va yarim himoyachi Damir Temirov qatnashdilar.

Maksim Shaskix: — Hammaga xayrli oqshom. Raqibni yaxshi o‘rgandik. Shakllangan jamoa. O‘yinchilari ham kuchli. Jahon miqyosidagi, yuqori darajadagi futbolchilarga ega. Tezkor, tajovuzkor, baquvvat o‘yinchilari bor. Chempionatda qiyin uchrashuvlar o‘tkazdik. O‘ylaymanki, ertangi o‘yinga tayyormiz. Yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz.

Damir Temirov: — Bizda qanaqa mas’uliyat turganini his qilib turibmiz. Nafaqat Andijon sha’ni, balki vatan sha’nini ham himoya qilamiz. Og‘ir o‘yin va tomoshabop o‘yin bo‘ladi. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

— Raqibni qanchalik o‘rgandingiz? Kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?

— Bosh murabbiy: Jamoani chempionatdagi o‘yinlarini kuzatdik. Turli xil uchrashuvlarini kuzatib, tahlil qilib chiqdik. Yuqorida aytganimdek, ular ancha shakllangan va jamoaviy o‘yin ko‘rsatadi. Ertaga barchasini maydonda ko‘ramiz. Har bir jamoani o‘ziga yarasha kamchiliklari bo‘ladi. Bu haqida gapirishni xohlamayman. Biroq ertaga nuqsonli tomonlaridan foydalanib, kerakli natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

— Ertangi bahsdan qanday natija kutyapsiz?

— Bosh murabbiy: Biz har doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmaydi. Raqibimiz yetarlicha tajribaga ega. Muxlislarimiz bizni ertaga ajoyib ravishda qo‘llab-quvvatlab turishadi. Birinchi navbatda himoyani unutmasligimiz kerak. O‘ylaymanki, hujumda bizda yetarlicha imkoniyatlar bo‘ladi. Har bir o‘yinda ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz. Balki ertangi bahsda u qadar ko‘p imkoniyatlar bo‘lmas. Shu bois yaratilgan har bir vaziyatdan maksimal foydalanib qolishimiz kerak. Bizda har o‘yinda yetarlicha imkoniyatlar bo‘lyapti. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvda o‘z vaziyatlarimizdan to‘liq foydalana olamiz. O‘yin holatidan kelib chiqib harakat qilamiz. Xudo xohlasa, natija biz tomonda bo‘ladi. O‘yin tajribamiz bor. Kerakli natijaga erisha olamiz.

— «Al-Ahli» safida yulduz o‘yinchilar bor. Siz uchun eng xavfli futbolchi kim?

— Futbolchi: Bir narsani aytishim mumkin, maydonda familiyalar hal qilmaydi. Kim ko‘proq mehnat va harakat qilsa Xudoim ham shunga yarasha natija beradi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:59, 30.09.2025.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик