Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Igor Bishchan: «Andijonga ochko jamg‘arish uchun kelganmiz»

Igor Bishchan: «Andijonga ochko jamg‘arish uchun kelganmiz»

Baho:
+ | -

«Andijon» - «Al-Ahli» o‘yinidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlarning xorvatiyalik bosh murabbiyi Igor Bishchan va futbolchi Erik Aleksandr ishtirok etdilar.

— Bosh murabbiy: Albatta, ertaga chiroyli o‘yin namoyish qilamiz. Chunki bu yerga bekordan-bekorga kelmadik. Ochko jamg‘arish uchun kelganmiz. Umuman olganda, raqib jamoa kuchli. Hujumda ham, himoyada ham yaxshi o‘yin tashkil qiladi. O‘yin qiyin bo‘ladi. Lekin yurtimizga yaxshi natija bilan qaytishga umid qilamiz. Yana shuni umid qilamizki, jismoniy tayyorgarligimizga hech qanday putur yetkazmaydi va ertangi uchrashuvga tayyormiz.

— Futbolchi: Bosh murabbiy aytib o‘tganidek, bo‘lajak o‘yinga yaxshi va uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Jismoniy tayyorgarligimiz yetarli, deb o‘ylaymiz. Ertaga yurtimizga uch ochko bilan qaytishni xohlaymiz. Uchrashuvga 100 foiz tayyormiz va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

— Andijonga xush kelibsiz! «Andijon» klubi haqida nima deya olasiz?

— Bosh murabbiy: Avvalo, imkoniyatdan foydalanib shuni aytib o‘tishim kerakki, o‘yinga tayyorgarlik yuqori darajada. Jamoa bilan aeroportga qo‘nganimizdan beri hamma bizni iliq kutib oldi. Barchasi do‘stona ruhda. O‘ziga yarasha shou tashkillashtirib berishdi. Shuning uchun tashkiliy masalalar bo‘yicha barchaga rahmat aytmoqchiman. Jamoa haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘yinni himoyadan yaxshi tashkil etadi. Ajoyib jamoa. Yana bir natijasini aytib o‘tishim kerakki, har doim ham o‘z maydonida yutqazadigan jamoa emas. Ertangi o‘yin biz uchun ham qiyin bo‘ladi. «Andijon»ni «Arkadag»ga qarshi o‘yini hamda O‘zbekiston Superligasidagi uchrashuvlarini ko‘rib chiqdik. O‘zimiz uchun mos raqib. Lekin alohida e’tirof etishimiz kerak. Biz o‘z darajamizdagi o‘yinni ko‘rsatishimiz kerak. Yaxshi natija bilan Qatarga qaytamiz.

— Jamoa qay holatda yetib keldi. Tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmi?

— Bosh murabbiy: Futbolchilarni holati haqida gapiradigan bo‘lsam, oxirgi ikki haftada jismoniy «nagruzka» ko‘p bo‘ldi. Ketma-ket o‘yinlar seriyasini o‘tkazdik. Shu sababli toliqish bo‘lishi mumkin. Hech qanday katta jarohatlar yo‘q. Ikkita futbolchimiz o‘zini yaxshi his qilmayotgan bo‘lishi mumkin. Ertaga o‘yindan avval ko‘ramiz. Umuman olganda, tarkib holati yaxshi.

— Jamoani Qatar chempionatidagi o‘yinini kuzatganimizda safar uchrashuvlarida hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Ertaga «Al-Ahli» hujumkor o‘ynaydimi yoki himoyaga asoslangan futbol namoyish qiladimi?

— Bosh murabbiy: O‘yinimizni mahalliy chempionatda ko‘rgan bo‘lsanglar, biz katta o‘zgarishga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz. Qanday o‘ynab kelgan bo‘lsak shunday o‘ynamoqchimiz. Bizdan yaxshi o‘ynaydigan klublarga qarshi ham o‘yinni nazorat qilishga harakat qilganmiz. O‘yindan kelib chiqib, ertaga taktika o‘zgarishi mumkin. Balki himoyada o‘ynarmiz. Umumiy olib qaraganda, jamoaning doimiy o‘yinini ko‘rsatishga harakat qilamiz.

— «Andijon»ning «Ultras» muxlislari faqat O‘zbekistonda emas, Osiyoda ham kuchli. Ertaga stadion ishqibozlar bilan to‘lishi kutilyapti. O‘yinchilar bosimga qanchalik tayyor?

— Futbolchi: «Ultras» hech qanday bosim bermaydi. Qaytanga biz uchun emosiya beradi, futbolni his qilib o‘ynashimiz uchun. O‘ziga xos chiroyli muhitni yaratib berishadi. Bunday muhitni juda yaxshi ko‘raman. Ertangi o‘yinda hech qanday bosim  o‘tkazmasligiga aminman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:04, 01.10.2025.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик