Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Otabek Narzullayev: "Himoyamizni ancha yaxshilab oldik"

Otabek Narzullayev: "Himoyamizni ancha yaxshilab oldik"

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— "Buxoro"ga qarshi bu jamoaning oxirgi o‘yinlarini ko‘rib chiqqan holda jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib asosan uzun to‘p to‘zatishlar bilan o‘ynashini bilardik. Qarshi hujumlarda va standart vaziyatlarda ehtiyot bo‘lishimiz kerakligini yigitlarga uqtirgandik. Va tezkor gol urish kerakligini aytgandik. Jamoamiz harakat qildi, ammo "Buxoro" darvozaboni bir necha bor goldan qutqardi.

— Bugun "Mash’al"ga aynan nima yetishmadi?

— Shijoat, o‘yinga chanqoqlik yetishmadi. Harakat qildik, ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, lekin baribir shijoatni ko‘rmadim. Raqib 10 kishi bo‘lib qolganidan keyin futbolchilarimiz endi oson yutamiz deb o‘ylashdi chog‘i.

— "Mash’al" xavfli zonada boryapti, shunday pallada futbolchilarga shijoat yetishmasligi g‘alati emasmi?

— Biz har bir o‘yinga jiddiy tayyorlanamiz va "Buxoro" bilan qanday bahs kechishini ham bilardik. Lekin raqib jamoa o‘z jarima maydonchasi yaqinida "avtobus" qo‘ygach gol urish qiyin bo‘ldi. Tezkor to‘p kiritganimiz ham futbolchilar ruhiyatiga ta’sir qildi. Ammo to‘p nazorati ko‘proq biz tomonda bo‘ldi.

— "Mash’al" gol o‘tkazish bo‘yicha "Sho‘rtan"dan keyin ikkinchi o‘rinda boryapti. Himoyada qanday kemtiklarni ko‘ryapsiz?

— Himoyamizni ancha yaxshilab oldik. Har holda oxirgi uchrashuvlarda ko‘p gol qo‘yib yubormayapmiz.

— Sardor Abduraimov maydonni tark etayotganida unda norozilik kayfiyati sezildi.

— Menimcha, gol ura olmagani uning jahlini chiqardi. Bu tabiiy holat, chunki yutishni xohlagandik. Lekin Sardor bilan hech qanday muammomiz yo‘q.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 00:07, 01.10.2025.
O'qildi: 520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.