Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston terma jamoasi Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi maydonga tushishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi maydonga tushishi mumkin

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalar bo‘limi sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev milliy terma jamoaning navbatdagi o‘yinlari va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishdagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi.

Mutaxassis o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekistonning Argentinaga qarshi o‘yini nega bekor bo‘lgani, shuningdek, jamoa 2026 yil Portugaliya hamda JCH-2026 musobaqasi mezbonlarining biri bilan o‘ynashi mumkinligi haqida yozdi.

“O‘rtoqlik o‘yinlari bir oy oldin emas, balki ancha oldin tasdiqlanadi, shuning uchun oktyabr oyining birinchi sanasida hali raqib topa olmaganimiz sabablarini sentyabrga bog‘lash noto‘g‘ri.

Kuzgi o‘yinlar uchun raqibni izlashni bir yil avval boshlaganmiz. Oktyabr uchun bizda Argentina va Urugvay ishtirokidagi Xitoyda o‘tkaziladigan turnir varianti bor edi. Bu musobaqa haqida Ravshan Sayfiddinovich Ermatovning o‘zi Xitoy assosiasiyasi rahbariyati bilan shu yilning bahorida Malayziyadagi OFK Kongressida bo‘lganimizda gaplashgan edi. Biroq, ma’lum sabablar tufayli Xitoy bu o‘yinlarni bekor qildi, o‘yinlar homiyligi qilgan Xitoy kompaniyasi esa biz bilan muzokaralarni davom ettirdi, ammo endi o‘yinlar Xitoyda emas, Malayziyada o‘tkaziladi.

Keyinchalik Argentina o‘yinlarda ishtirok etishni rad etdi, biz esa 9 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay bilan o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Shundan kelib chiqib, oktyabr oyi uchun ikkinchi raqibni izlay boshladik. Ammo avgust oyida Urugvay bizga 9 oktyabr kuni o‘ynay olmasligini bildirdi va o‘yinni 13 oktyabrga ko‘chirish yoki bekor qilishni so‘radi.

Oktyabr oyining ikkinchi sanasi uchun kelishuvlarimizni bekor qildik. Keyinchalik 9 oktyabrga variantlar qidira boshladik. Yuqori moliyaviy talablar tufayli Boliviya bilan kelishuvga erisha olmadik. Yakunda ular Iordaniya bilan o‘ynashga qaror qildi, Marokash esa faqat o‘z maydonida o‘ynay olishini bildirdi. Rossiya variantini Xitoydagi musobaqa sababli oldinroq bekor qilgandik. Bunday tushunmovchiliklar bo‘lmasligi kerak. Noyabr oyida ko‘plab yaxshi darajadagi Afrika terma jamoalari bilan o‘ynash imkoniyati bo‘ladi. Kelasi yil mart oyida esa Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynashimiz mumkin. Ravshan Ermatovning o‘zi sobiq FIFA hakami va hozirda Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti Pedro Proensa bilan gaplashgan edi. Shuningdek, Toshkentda FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qilish imkoniyatimiz bor. FIFAning yangi musobaqasini o‘tkazish uchun arizani yil boshida topshirgandik. 1 iyunda esa JCH-2026 mezbon terma jamoalaridan biri bilan o‘ynaymiz. Kelishuv imzolangan. Muhimi, mundialda ushbu terma jamoa bilan bir guruhdan joy olmasak bo‘ladi,” deb yozmoqda Sherzod Igamberdiyev o‘zining Instagram sahifasida.

​Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. AQSH, Meksika va Kanada mamlakatlari mezbonlik qiladigan musobaqa 2026-yilning iyun-iyul oylari bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:04, 01.10.2025.
O'qildi: 2255 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.