Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jud Bellingem - 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi

Jud Bellingem - 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi va Angliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem milliy jamoaning 2024/2025 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya terma jamoalari saytida ma’lum qilindi.

Futbolchi muxlislar ovozi natijalariga ko‘ra mukofot oldi. Ikkinchi o‘rinni "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays, uchinchi o‘rinni "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn egalladi.

Bellingem APL vakili bo‘lmagan klub vakili sifatida ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Buni ilk bor 2006 yilda "Bavariya" a’zosi Ouen Xargrivz amalga oshirgan.

O‘tgan mavsumda 22 yoshli Bellingem Angliya milliy jamoasi safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 22:12, 01.10.2025.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик