Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Sport tibbiyoti samaradorligi oshiriladi

Sport tibbiyoti samaradorligi oshiriladi

Baho:
+ | -

Sport vaziri Adham Ikramov va Vengriyaning Semmelweis universiteti rektori maslahatchisi Ivady Vilmos o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun Sport vazirligiga Vengriyaning Semmelweis universiteti rektori maslahatchisi Ivady Vilmos tashrif buyurib vazir Adham Ikramov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy sohada aholini qo‘llab-quvvatlash, tibbiyotda kadr va menejerlarni tayyorlash, sport tibbiyotida sportchilar sog‘lig‘ini kuzatib borishda samarali ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

"Semmelweis" universiteti tibbiyot, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohasidagi natijalari bilan dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega universitetlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek xorijiy mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida olib borilayotgan ishlar va mazkur yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berilib, hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Kiritildi: 20:23, 02.10.2025.
O'qildi: 527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик