Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Superliga. «Xorazm» – «Navbahor» (prevyu)

Superliga. «Xorazm» – «Navbahor» (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida «Navbahor» Urganchda «Xorazm» mehmoni bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, urganchliklar 14 yillik tanaffusdan so‘ng, yana Superligaga qaytishdi.   

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 17 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 13 tasida namanganliklar yutuqqa erishishgan bo‘lsa, 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 2 ta o‘yinda esa urganchliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbati –  44-10, «Navbahor» foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda «Navbahor»ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 10:0 hisobi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, «lochinlar» 2006 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.

«Xorazm» esa hali «Navbahor»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratolmagan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 41 ochkoni, urganchliklar esa 8 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Urganchda o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvning 2 tasida mezbonlar, 4 tasida «lochinlar» zafar quchishgan, 2 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan (1996 yili «Xorazm» «Dinamo» nomi ostida o‘ynagan).

Urganchliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda namanganliklar darvozasiga 6  ta gol urib, o‘z darvozasidan 11 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Mazkur jamoalarning 1-davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bellashuvida vakillarimiz Zabihillo O‘rinboyevning 50-daqiqada penaltidan urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Urganchda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlar:

1996 yil. «Dinamo» – «Navbahor» – 0:2
1997 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 0:0
1998 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 1:0
1999 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 0:1
2000 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 2:2
2006 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 0:5
2009 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 3:1
2010 yil. «Xorazm» – «Navbahor» – 0:1.

Eslatib o‘tamiz, «Xorazm» – «Navbahor» bahsi 3 oktyabr kuni Urganch shahridagi «Xorazm» sport majmuasida soat 17:00 da start oladi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:07, 03.10.2025.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик