Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Superliga tashkilotchilari UYEFAga Chempionlar Ligasini isloh qilishni taklif qildi

Superliga tashkilotchilari UYEFAga Chempionlar Ligasini isloh qilishni taklif qildi

Baho:
+ | -

Mundo Deportivoning xabar berishicha, Superliga tashkilotchilari Chempionlar Ligasiga yangi format joriy etish tashabbusi bilan chiqqan.

UYEFA, A22 (Superligini tashkil etuvchi kompaniya), «Barselona» va «Real Madrid» vakillari so‘nggi sakkiz oy davomida to‘liq maxfiylikda muzokara olib borishgan. Dekabrdan buyon tomonlar yetti marta uchrashgan, jumladan UYEFA ofislarida ham.

Hamkorlikning asosiy maqsadi – hozirgi turdagi Chempionlar Ligasi formatida barcha ishtirokchilarni qoniqtira oladigan evolyusion o‘zgarishlar qilish va ixtiloflarni oldini olish.

Superliga tashabbuskorlari UYEFAga ikki muhim taklifni taqdim etgan:

1. Butun dunyo bo‘ylab o‘yinlarni namoyish etish uchun bepul platformani yaratish (televizor orqali ham),

2. Hozirgi YECHL formatiga o‘xshash, ammo undanda tomoshabop tarzda isloh etilgan tizim.

Taklifga ko‘ra, barcha ishtirokchilar UYEFA reytingi asosida ikki guruhga bo‘linadi (18 tadan jamoa):

kuchli klublar – birinchi guruh,
nisbatan kuchsizlari – ikkinchi guruh.

Birinchi guruhdan eng ko‘p ochko to‘plagan 8 jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqadi. Keyingi sakkizlik esa ikkinchi guruhdan chiqadigan 8 kuchli klub bilan pley-off bosqichida to‘qnash keladi.

Shu yo‘l bilan, birinchi bosqich o‘yinlarining umumiy saviyasi oshishi va ikkinchi guruh klublariga ham g‘alaba qozonish imkoni yaratilishi kutilyapti.

Translyasiyalar uchun Superliga UNIFY platformasini taklif qilmoqda:

a) reklama bilan – bepul versiya,
b) reklamasiz – premium versiya.

Mundo Deportivo ta’kidlashicha, UYEFA bilan Superliga tashabbuskorlari o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi vaqtlarda ancha yaxshilangan.

Yangi format 2027 yildan, televideniye huquqlari savdosining yangi sikli boshlanganda yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:47, 03.10.2025.
O'qildi: 2223 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик