Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bugun O‘zbekiston Proligasida 4-davra o‘yinlari start oladi

Bugun O‘zbekiston Proligasida 4-davra o‘yinlari start oladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Proligasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugundan musobaqa 4-davra o‘yinlari start oladi.

Yakuniy bosqich oldidan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi 33 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Chempionlik yo‘lida "temiryo‘lchilar"ga munosib raqobat taqdim etib berayotgan Nukusning "Aral" jamoasi hisobida esa 31 ochko mavjud.

Farhod Nishonov boshchiligidagi "Olimpik-MobiUz" klubi esa 29 ochko jamg‘arishni uddaladi.

Ko‘rib turganingizdek, yetakchilar o‘rtasidagi farq katta emas. Demakki, chempion bo‘lishni maqsad qilgan jamoaning buyog‘iga xato qilishga haqqi yo‘q. Bu esa bizni qiziqarli o‘yinlar kutib turganidan darak beradi.

So‘nggi turlarda bizni quyidagi markaziy o‘yinlar kutmoqda:

17-tur, 20 oktyabr

Olimpik-MobiUz — Aral

19-tur, 5 noyabr

Olimpik MobiUz — Lokomotiv

20-tur, 16 noyabr

Aral — Lokomotiv

Qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida, Proliga g‘olibi va vise-chempionining kelgusi yilgi O‘zbekiston Superligasida ishtirok etishi masalasi O‘zbekiston Professional futbol ligasi "Superliga va Proliga reglamenti"ning quyidagi bandlari asosida tartibga solinadi:

7.2. Proliga yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan futbol klubi Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

5.3. Superligada 12, 13, 14, 15-o‘rinni egallagan jamoalar mazkur musobaqadagi joyini saqlab qolish uchun pley-off musobaqasida ishtirok etadi. Pley-off uch bosqichdan

iborat bo‘lib, undagi barcha uchrashuv faqat bir martadan tashkil etiladi:

— Birinchi bosqichda Superligada 12-o‘rinni egallagan klub o‘z maydonida 15-o‘rindan joy olgan klubni, 13-o‘rinni egallagan klub esa o‘z maydonida 14-o‘rindan joy olgan klubni qabul qiladi va har ikki o‘yin g‘oliblari Superligadagi joyini saqlab qoladi;

— Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdagi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Bunda Superliga mavsumi yakuniga ko‘ra yuqoriroq o‘rindan joy olgan klub raqibini o‘z maydonida qabul qiladi va bellashuv g‘olibi Superligadagi joyini saqlab qoladi;

— Uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda mag‘lub bo‘lgan klub Proliga mavsumini 2-o‘rinda yakunlagan klub maydoniga tashrif buyuradi va mazkur bellashuv g‘olibi Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:54, 04.10.2025.
O'qildi: 426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.