Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Shvesiyalik murabbiy Isakni "Barsa"ga ancha oldin tavsiya qilgan edi

Shvesiyalik murabbiy Isakni "Barsa"ga ancha oldin tavsiya qilgan edi

Baho:
+ | -

"Barselona"da Ronald Kumanning yordamchisi bo‘lib ishlagan Xenrik Larsson Aleksandr Isakning amalga oshmay qolgan transferini esladi.

Shvesiyalik mutaxassis Kataloniya klubida 2020 yil avgustidan 2021 yil oktyabrigacha ishlagan. U rahbariyatga o‘sha paytda "Real Sosyedad" safida to‘p tepgan hamyurti Isakka e’tibor qaratishni maslahat berganini aytdi.

"Isak haqida "Barselona"da ishlaganimda gapirganman. Mendan yaxshi hujumchilar ro‘yxatini tuzishni so‘rashdi - unga Aleksandrni kiritdim. Aytish joizki, u yerda Levandovski ham bo‘lgan," - deya Larssonning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

Robert Levandovski 2022 yilning yozida, Xavi Ernandes davridayoq "Barselona"ga ko‘chib o‘tgandi, Aleksandr Isakni esa qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lmadi. Joriy yilning yozida "Liverpul" 25 yoshli shvesiyalikni "Nyukasl"dan 145 mln yevroga sotib olgan edi.

Kiritildi: 15:50, 04.10.2025.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик