Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Ten Xag qadrdon jamoasiga qaytishi mumkin

Ten Xag qadrdon jamoasiga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubidan iste’foga chiqarilgan murabbiy Erik ten Xag "Ayaks" murabbiyligiga nomzodlardan biriga aylandi.

Amsterdamliklar mavsumni unchalik muvaffaqiyatli boshlamadi: jamoa Niderlandiya chempionatining yetti turidan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Feyenoord"dan to‘rt ochko ortda qolmoqda. Shuningdek, ular Chempionlar Ligasining ikkita o‘yinida ikkita mag‘lubiyatga uchradi. De Telegraaf xabariga ko‘ra, klub rahbariyati Jon Xeytinga bilan xayrlashish haqida o‘ylamoqda va uning o‘rniga o‘tmishda jamoa bilan muvaffaqiyatli ishlagan ten Xag tayinlanishi mumkin.

Erik ten Xag 2017 yilning dekabridan 2022 yilning yozigacha "Ayaks"ni boshqargan. Uning asosiy yutug‘i sifatida Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l olganini aytish mumkin.

Kiritildi: 16:43, 04.10.2025.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик