Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Flik: "Men Yamalni himoya qilmoqchiman"

Flik: "Men Yamalni himoya qilmoqchiman"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yana jarohati qaytalangan vinger Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. O‘tgan oyda Flik Yamalning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lumotlar borligiga qaramay, undan Ispaniya terma jamoasida foydalanilganidan g‘azablangan edi.

"Mening de la Fuentega aytgan so‘zlarimmi? Vaziyat terma jamoalar o‘yinlaridagi o‘tgan tanaffusdan keyin yuzaga kelgan. Futbolchimni himoya qilmoqchiman, uni qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Bu o‘tmishda qoldi va men buni salbiy deb o‘ylamayman - bunday holatlar sodir bo‘ladi. Terma jamoada ishlagan vaqtimda o‘zim ham shunday ahvolga tushganman. Mening vazifam - o‘z futbolchimni himoya qilish. Shuning uchun men o‘shanda shunday degan edim. Ehtimol, men odatdagidan ko‘ra qattiqroq gapirgandirman.

Ertalab Yamal bilan gaplashdim. Unga qanday yordam berishimiz mumkinligini so‘radi. U qaytganida o‘yin vaqtini to‘g‘ri taqsimlash mening vazifam. Men buni qilaman," - dedi Flik jurnalistlarga.

Kiritildi: 16:56, 04.10.2025.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик