Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

APL. «Arsenal» derbida «Vest Xem»ni taslim qildi va peshqadamlikni qo‘lga oldi

APL. «Arsenal» derbida «Vest Xem»ni taslim qildi va peshqadamlikni qo‘lga oldi

Baho:
+ | -

"Arsenal" o‘z maydonida APL 7-turida "Vest Xem"ni mag‘lub etdi - 2:0.

Mezbonlardan Deklan Rays va Bukayo Saka o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. "Kanonirlar" yarim himoyachisi Martin Edegor birinchi bo‘limda jarohat oldi, uning o‘rniga Martin Subimendi maydonga tushdi.

"Arsenal" 7 o‘yinda 16 ochko to‘plab, APL turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. Ikkinchi o‘rinda 6 o‘yinda 15 ochko to‘plagan "Liverpul" bormoqda. 4 oktyabr, shanba kuni mersisaydliklar "Chelsi"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi, bahs soat 21:30da boshlanadi.

"Vest Xem" 4 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida so‘nggi pog‘onadan oldingi 19-o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda "Arsenal" safarda "Fulxem" bilan bahs olib borsa, "Vest Xem" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi.

APL, 7-tur
04.10.2025, shanba, 19:00
Arsenal - Vest Xem - 2:0
Gollar: Rays, 38 (1:0). Saka, 67 - penaltidan (2:0)
Arsenal: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafyori (Lyuis-Skelli, 75), Timber, Rays (Merino, 79), Eze (Martinelli, 79), Edegor (Subimendi, 30), Trossar (Nvaneri, 75), Saka, Dyokeresh
Vest Xem: Areola, Kilman, Mavropanos, Diuf, Van-Bissaka (Uoker-Piters, 79), Magassa (Potts, 61), Lukas Paketa, Fernandesh, Sammervill, Bouen, Fyullkrug (Marshall, 61)
Ogohlantirishlar: Sammervill, 58. Lukas Paketa, 69

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:19, 04.10.2025.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик