Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

To‘rabek Habibullayev: «Murabbiylarimning ko‘rsatmasi oltin medal sari yetakladi»

To‘rabek Habibullayev: «Murabbiylarimning ko‘rsatmasi oltin medal sari yetakladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

To‘rabek Habibullayev Liverpulda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati qahramonlaridan biri bo‘ldi. Parij-2024 siklida musobaqalarda -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz bir yil ichida -90 kg toifasiga ko‘tarilib, yangi qirralarini namoyish eta oldi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

– Jahon chempionatidagi eng og‘ir jang qaysi bo‘ldi?
– Jahon chempionatida har bir raqib kuchli. Bunday musobaqalarda hech kim yutqazaman deb ringga chiqmaydi. Hamma bor kuchi bilan jang qiladi. Liverpulda yarim final va final janglari avvalgilariga nisbatan qiyinroq bo‘ldi. Murabbiylarim tomonidan berilgan to‘g‘ri ko‘rsatma meni oltin medal sari yetakladi.

– Parij-2024 Olimpiadasidan keyin birdan katta vaznga o‘tildi. Bu vazn yig‘ishda qiyinchilik tug‘dirmadimi?
– Avval musobaqalardan oldin katta miqdorda vazn tashlar edim. Keyinchalik bu jarayon qiyinchilik tug‘dira boshladi. Olimpiadadan keyin ustozlarim yuqoriroq vazn toifasiga o‘tishni maslahat berishdi. Bu taklifni qabul qildim. Aytganimdek, oldindan tabiiy vaznim yuqoriroq bo‘lgani uchun yangi toifada katta qiyinchilik sezilmadi.

– Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik yo‘lida yana qanday jihatlar ustida ishlashingiz kerak deb hisoblaysiz?
– Asosiysi, yanada kuchli bo‘lib tayyorlanishim kerak. Ikkinchi Olimpiadamdan faqat oltin medal bilan qaytishni maqsad qilganman. Albatta, buning uchun ko‘proq mehnat qilish va tezligim ustida ishlashim kerak bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:22, 04.10.2025.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик