Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

La Liga. «Real» «Vilyarreal»ni ishonchli hisobda yengdi, Vinisiusdan dubl

La Liga. «Real» «Vilyarreal»ni ishonchli hisobda yengdi, Vinisiusdan dubl

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 8-turida "Real" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni mag‘lub etdi - 3:1.

Mezbonlar safida Vinisius Junior 2 ta gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Mehmonlar safida Jorj Mikautadze o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Vilyarreal" o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi: 77-daqiqada jamoa himoyachisi Santyago Mourinyo maydondan chetlatildi.

"Real" 8 o‘yinda 21 ochko to‘plab, La Liga turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi o‘rinda 7 o‘yinda 19 ochko to‘plagan "Barselona" bormoqda. Kataloniyaliklar 8-turni 5 oktyabr, yakshanba kuni "Sevilya"ga qarshi o‘tkazadi. "Vilyarreal" 16 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda "Real" safarda "Xetafe" mehmoni bo‘lsa, "Vilyarreal" o‘z maydonida "Betis"ni qabul qiladi.

La Liga, 8-tur
04.10.2025, shanba, 23:59
Real - Vilyarreal - 3:1
Gollar: Vinisius Junior, 47 (1:0). Vinisius Junior, 69 - penaltidan (2:0). Mikautadze, 73 (2:1). Mbappe, 81 (3:1)
Real: Kurtua, Eder Militau, Xeysen, Karreras, Valverde, Tchuameni, Sebalyos (Bellingem, 64), Arda Gyuler (Kamavinga, 64), Vinisius Junior, Mastantuono (Dias, 75), Mbappe (Rodrigu, 83)
Vilyarreal: Tenas, Marin, Veyga, Kardona, Mourinyo, Komesanya (Parexo, 86), Partey, Gey (Pedrasa, 73), Byukenen (Mikautadze, 46), Moleyro (Pepe, 46), Oluvaseyi (Altimira, 82)
Ogohlantirishlar: Tchuameni, 33. Mastantuono, 45 - Kardona, 12. Mourinyo, 21. Gey, 69
Chetlatish: Mourinyo, 77 (ikkinchi sariq kartochka)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:07, 05.10.2025.
O'qildi: 1853 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик