Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Bavariya" Noyerga zo‘r o‘rinbosar topdi

"Bavariya" Noyerga zo‘r o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi "Milan" darvozaboni Mayk Menyan xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda "Bavariya" 39 yoshli Manuel Noyerga o‘rinbosar izlashni tezlashtirgan. Ta’kidlanishicha, nemis grandi "Milan" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan 30 yoshli Menyanni taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "Bavariya" ro‘yxatida boshqa nomzodlar ham bor, ammo hozircha Menyan yetakchilar qatorida bormoqda.

Menyaning "Milan" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt ekspertlari fransuzning narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:21, 05.10.2025.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик